Toʻyga toʻyona boʻldi

Date:

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar ham sayilga oshiqib, erta tongdan xursandchilikni boshlab yuborishgan. Milliylik, milliy qadriyatlarimiz bilan yuzlashib, milliy taomlarimizdan bahramand boʻlishmoqda. Xalq oʻyinlarini tomosha qilish bilan birga arqon tortishayotgan, kurash tushib, dorbozlikda oʻzlarini sinayotganlar qancha.
“Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida tumanning “Diydor” mahallasida 73-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgani esa intiqlik bilan kutilgan, munosib sovgʻa boʻldi.
Ochilish marosimida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ona-onalar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangitdan qurilgan umumta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
“Maxsus qurilish va ta’min butlash” mas’uliyati cherklangan jamiyati tomonidan 2 milliard 245 million so‘m mablag‘ evaziga 180 o‘ringa mo‘ljallab bunyod etilgan yangi o‘quv binosida o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, zamonaviy jihozlangan sinf xonalarda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun barcha qulaylik mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun