Koʻksida nishoni porlaydi

Date:

Ayolni gulga, fasllar kelinchagi bahorga mengzaymiz. Haqiqatan ham ayol nozik va koʻzlarni quvnatuvchi eng goʻzal hilqat. Bejizga bahor ham ayollar bayrami bilan boshlanmaydi.Ha, ayollar bugungi kunda jamiyatda oʻz oʻrniga, obroʻ-eʼtiborga loyiq. Erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilib, yuqori natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib kelayotir.

Termiz shahridagi “Mumtoz” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatining asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi va kech sababchilari eʼtirof etildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi. Viloyat hokimi o‘z tabrigida ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni va fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, ularga bo‘lgan e’tibor va hurmat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbirda jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan 17 nafar xotin-qiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh fidoyi ayollarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Poytaxt va viloyatning taniqli san’atkorlari hamda badiiy jamoalar ijrosidagi konsert dasturi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi bojxona tartibi joriy etildi

Yangi qarorga muvofiq, endi xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari...

Yetakchilarimiz ildam

Bo‘stonliqdagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirish va ilg‘or...

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini keng...

Eron delegatsiyasi xalqaro savdo markazida

Surxondaryoga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun