Kutubxona “Milliy tiklanish” e’tiborida

Date:

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, kitobxonlikni ommalashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Shu asosda viloyatimizdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdulhakim Eshboyev, Go‘zal Samiyeva, Xalq deputatlari viloyat hamda Termiz shahar Kengashi deputatlari, partiya xodimlari Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, unda o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, kutubxonaning o‘zida 2024-yil holatiga ko‘ra kitob fondi 241 000 nusxani, kitobxonlar soni esa 39223 nafarni tashkil etgan.
O‘rganishlar jarayonida kutubxonadagi ayrim kompyuterlar ma’nan eskirganligi, tadbirlar va o‘quv zali yetishmasligi hamda ayrim badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari mavjud emasligi kabi muammolar aniqlandi. Shuningdek, deputatlar axborot-kutubxona markazining yer ostida joylashgan kitob va gazetalar fondini ham ko‘zdan kechirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun