Yangi tartib belgilanmoqda

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. Ushbu qonun loyihasi homiylik faoliyati subyektlariga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish, homiylik tashkilotlarining faoliyati ochiqligini va fuqarolarning ularga nisbatan ishonchini oshirish hamda homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun pul mablagʻlarini yigʻishni qonuniy tartibga solishni nazarda tutadi.
Loyihada homiylikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha mexanizmlari, homiylik xayriyalarini yigʻish, xayriya qutisini oʻrnatish va undan foydalanish tartiblari, shuningdek, homiylik xayriyalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish va bu jarayonning ochiqligini taʼminlash shartlari belgilanmoqda.
Mazkur hujjatning qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzishning oldini olishi, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlashi hamda ularga nisbatan fuqarolarning ishonchini ortishiga xizmat qiladi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun