Olimalar izlanishi yagona platformada

Date:

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Wonder Women xalqaro hamjamiyati hamkorligida Osiyo taraqqiyot banki koʻmagi bilan birinchi marta “Oʻzbekiston olima ayollari” sayti yaratildi. Saytning asosiy maqsadi oʻzbek ilm-fanida oʻziga xos maktablar yaratgan olimalarni, zamonaviy fanda yangiliklar qilayotgan isteʼdodli, ilmli ayollar faoliyatini jahonga tanitish, shu bilan birga, mamlakatimiz fani rivoji uchun hissa qoʻshib kelayotgan oʻtmish va hozirgi zamon olimalarimizni bugungi kun qahramonlari sifatida namoyish etishdir.
Saytning birinchi qismida tarixda oʻz oʻrniga ega boʻlgan olima ayollar – Hadicha Sulaymonova, Galina Pugachenkova, Maqsuda Xojanovaning hayoti, ilmiy izlanishlari haqida maʼlumotlar kiritilgan. Ikkinchi qismi esa hozirda Fanlar akademiyasida faoliyat yuritayotgan oʻzbek olimalari va besh nafar akademik ayollarning faoliyatiga bagʻishlangan.
Platforma fizika-matematika, kimyo-biologiya va tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlarda zamonaviy tadqiqotlar bilan shugʻullanayotgan fan doktorlari va professor olimalar haqida toʻliq maʼlumot beradi. Xabarga koʻra, kelgusida ham ushbu maʼlumotlar mazmun va son jihatdan yanada boyitib boriladi.

Oldingi sahifaUstama olishda yangi tartib
Keyingi sahifaNur

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun