Mehnati-yu xizmati katta

Date:

Adabiyot yaxshilikka, o‘zni tarbiyalashga chorlaydi. Bu fan Vatanga, onaga, dunyodagi barcha mavjudotlarga muhabbat va mehr tuyg‘ularini oshiradi. Adabiyot goh ijodkor, goh tarixchi sifatida gapiradi. Adabiyot arxitektura, rang-tasvir, haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, kashtachilik, chizmachilik, musiqa, teatr, kino, raqs va qo‘shiqdan farqli o‘laroq, real hayotni so‘z bilan tasvirlaydigan san’at turidir. Fanga qiziqtirish, uning ajib olamiga olib kirish esa ustoz atalmish buyuk zotlarning pedagogik mahoratidir. Qolaversa, ilm yo‘lini tutgan ustozlarning adabiyotshunoslik sohasida olib borgan izlanishlari, avlodlarga munosib ilmiy-ma’naviy boylik qoldirishlari esa ulkan xazinadir. Yosh adabiyotshunos sifatida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan Maxfirat Qurbonaliyeva nomini ham tilga olish o‘rinlidir.

O‘qituvchi oilasida tug‘ilgan Maxfirat Qurbonaliyeva maktabda ham a’lo baholarga o‘qib, tahsilni Termiz davlat universitetining tojik filologiyasi fakultetida davom ettirdi. Yosh adabiyotshunosning universitetdagi faoliyati 2007-yilda boshlandi va shu vaqtdan beri faol. Bundan tashqari, yetti yilki, Surxondaryo viloyati tojik milliy madaniyat markazida ham faoliyat olib borayotir.

Ustozning ilmiy faoliyati tazkira va tazkirashunoslik masalalari, Movarounnahrning XVI asr oxiri va XVII asr boshlaridagi adabiyot tadqiqotlari bilan bog‘liq. Maxfirat Qurbonaliyeva 2022-yil sentyabr oyida dotsent Ramazon Abdulloyev rahbarligida “Samarqandiy maktabi “Tazkirat-ush-shuaro” asarining ilmiy-adabiy ahamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1487-yilda yozilgan “Tazkirat-ush-shuaro” asarida adibning 1013-1605-yillarda yaratilgan 343 nafar zamondosh notiqlarining o‘ziga xos uslubda yaratgan asarlari va holati o‘rin olgan bo‘lib, uni Samarqandiy Mutribiy Movarounnahr hokimi Valimomhammad Bahodirga bag‘ishlangan. Samarqand Mutribiyning “Tazkirat-ush-shuaro”si uch nusxada ma’lum. Biri Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, ikkinchisi Qobuldagi afg‘on olimi Muhammad Solehiy Puruntoning shaxsiy kutubxonasida, uchinchisi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. “Tazkirat-ush-shuaro” samarqandlik Mutribning ustozi buxorolik Xoja Hasan Nisoriyning “Muzakir-ul ahbob” asari asosida yozilgan bo‘lib, muallifning 17 ta mashhur shoh va valiylarining she’rlaridan namunalar taqdim etilgan. “Tazkirat-ush-shuaro”ning asosiy qismi muqaddima, yetti qatlam (bob) va yakundan iborat.

Maxfirat Qurbonaliyeva qalamiga mansub yana bir risola: “Adabiy aloqalar va zullisonaynlik an’analar”dir. Hozirgacha o‘zbek va tojik adabiyotining adabiy aloqalari, zullisonaynlik an’analari haqida jurnallarda ustozning 20 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan. Ustoz yozgan ilmiy tezisda “O‘zbek-tojik adabiyotida zullisonayn voqeasi” mavzusi muhokama qilinadi. Adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan shoirlarning hayoti va ijodi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan kelmoqda. Ularni biz avlodlarga yetkazishda esa Maxfirat Qurbonaliyeva kabi ilm ahlining mehnati-yu xizmati katta.

Zulbibi ISKANDAROVA,

Parvina ABDURAHIMOVA,

TerDU talabalari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun