42,9 foizi ijobiy hal etilgan

Date:

Termiz shahar Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sektorlar, idora va tashkilot rahbarlari, mas’ullar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani holda tahlillar va monitoring nazorat tadbirlari olib borilayotir. Bu borada shahardagi sektorlar, tashkilot va korxona hamda idoralarda murojaatlarni ko‘rib chiqish va aholi muammo-larining yechimini ijobiy hal etishga alohida e’tibor berilayotgani har bir murojaat ortida bir inson taqdiri borligini his etgan mas’ullarning asosiy vazifasiga aylandi. Birgina o‘tgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalariga Termiz shahri aholisidan jami 12 033 ta masalada murojaat kelib tushgani bo‘lib, bu murojaatlarning 5 048 tasi, ya’ni 42,9 foizi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarda asosan aliment undirish, bolalar nafaqasi, uy-joy bilan ta’minlash, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi ta’minotidan norozilik, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam, qarz undirish ijro hujjatlari, ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar ko‘tarilgan. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ishlash uslubi mahalla hududidagi muammolarni bartaraf etishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda yanada ahamiyatlidir. Shu bois ham murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarda murojaatchilik madaniyati to‘laqonli shakllanmaganligi muammolarga yechim topishga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ayrim murojaatlar maqsad-muddaosiz, qolaversa, keltirilgan fikrlar asossizligi kuzatiladi, takroriy murojaatlarda ham ayni holat qaytariladi. Vaqt talab qiladigan murojaatlar soni ham yetarlicha.Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi esa murojaatlarni tezda hal etishda ayni muddao bo‘layotir. Xalq qabulxonasi tomonidan mazkur masala yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Z.XASANOV,

Termiz shahar Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun