Bo‘sh maydonlardan unumli foydalaniladi

Date:

Hududlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yangi loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi turmush farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, “To‘palang” daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash, bo‘sh maydonlardan foydalanish hamda rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Daryo qirg‘og‘ini mustahkamlash orqali hududda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish uchun imkoniyat yaratilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, ishlarni jadallashtirish, qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini yakunlash va loyihalar qurilishini boshlash vazifalari belgilab berildi.
Shundan so‘ng, hokim “Afrosiyob” mahallasida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Yo‘llarni asfaltlash, beton ustunlar o‘rnatish kabi ishlar bajarilgan, yangi avtoturargoh tashkil etilgan hamda yo‘laklarda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, aholining erkin harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mutasaddilarga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ushbu mahallada joylashgan sobiq maxsus maktab internati binosidagi fizoterapiya jihozlari ko‘zdan kechirilib, bo‘sh binoda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, jumladan, mavjud extiyojdan kelib chiqib, fizoterapiya markazini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi.

Oldingi sahifaTadbirkorlik muhiti yaxshilanmoqda
Keyingi sahifaDonolik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun