G‘oliblik uchun…

Date:

Yurtimizda sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Sport turlari ommalashtirilib, yoshlarning qiziqishi oshirilmoqda. Bu orqali sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilish bilan birga yangidan yangi iqtidorlar kashf etilayotir. Doimiy tarzda sport musobaqalarining o‘tkazib kelinayotganining boisi ham shundan.
Xorazm viloyatining Urganch shahri sportning sambo turi bo‘yicha yoshlar va qizlar hamda kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga mezbonlik qildi. Raqiblarning maydonga tushib, g‘oliblik uchun qilgan janglari esa e’tiborga va e’tirofga loyiq bo‘ldi.
Qizg‘in kechgan jangda surxondaryolik sportchilar ham bo‘sh kelishmadi, balki sovrinli o‘rinlarni egalladilar. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Shohjahon Valijonov ikkinchi, qiz bolalar o‘rtasida Madina Jumamurodova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Charos Lolaxonova, Nodira Eshpo‘latova, Mahliyo Jo‘rayeva, Napisal Qarshiyevalar ham g‘oliblar safida bo‘lishdi.

Oldingi sahifaMuddatiga cheklov bor
Keyingi sahifaSuv tejaladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun