Yangi cho‘qqilar zabt etiladi

Date:

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport sohasida ko‘plab iqtidorlarni kashf etib kelayotir. Olimpiadani har yili o‘tkazish an’ana tusini olgani ham shundan. Bu yildan esa davlat rahbarining yana bir tashabbusi — “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkazilishi esa yoshlar imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shadi.
Termiz shahrida joylashgan Prezident maktabining yangidan rekonstruksiya qilingan sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining 2025-yilgi mavsumiga start berishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchi yoshlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda hududiy studiyalar orqali tumanlar ham ulandi. Viloyat rahbari so‘zida yoshlarga bu yilgi sport musobaqalari va tanlovlarda omadlar tilab, “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining viloyat bosqichini ochiq deb e’lon qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun