Surxondaryoliklar ikkinchi

Date:

Sportning futbol turini ommalashtirish, do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlarni yanada ko‘proq qamrab olish maqsadida Denov tumanida eshitishida nuqsoni bor bolalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada Tojikiston Respublikasi jamoasi bilan birgalikda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa futbol ishqibozlari kutganidek, qiziqarli, murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoalar raqib jamoaning darvozasiga to‘p kiritib, g‘olib bo‘lish uchun kurashdilar. Natijalar esa jamoalarni qanoatlantirish bilan birga o‘z oldilariga katta maqsadlarni qo‘yishiga xizmat qildi.
Uchinchi o‘rinni yurtimizga tashrif buyurgan mehmon jamoa qo‘lga kiritgan bo‘lsa, surxondaryoliklar esa ikkinchi bo‘lishdi. G‘oliblik shohsupasiga esa Buxoro viloyati jamoasi chiqdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun