She’rlari qalbga malham

Date:

She’r bilan she’rning farqi bor. Bugungi kitobxonni, o‘quvchining saviyasini, ma’naviy olamini ham hisobga olish lozim. Ular ziyrak, ular tanqidchi va tahlilchi ham. Shunday ekan, eng yaxshi, ma’naviy pishiq asarlargina ularni hayratlantiradi, o‘qishga unday oladi. Shu sabab, hamma yozsa-da, shoirlikni da’vo qilib, o‘zidan shoir yasasa-da, xalq mehrini, e’tiborini munosiblar, tanlanganlar, iqtidorlilargina qozona oladi. shoirlik kasb emas, shoir bo‘lish uchun na ma’lumot va na tajriba oshirish shart. Shoirlik ko‘ngil ishi, qalb amri ila qog‘ozga quyilib keladigan tug‘yonlar, hasratlar, tuyg‘ularning tarjimasidir. Mutolaa, o‘y-xayollar, dard va tug‘yonlar ko‘targan g‘alayon esa she’r tug‘ilishiga doyalik qiladi. Shu ma’noda Zokir Nuraliyev ham shoirlika da’vo qilmas, ammo she’r yozishni kanda qilmas ijod ahlining biridir. U na san’at, na adabiyot van a ijod-u ta’lim sohasida ishlaydi. Bu sohalardan tamoman uzoqlikdagi yo‘nalishda faoliyat yuritsa ham qalbi she’riyatga oshno, yozishdan o‘zini to‘xtata olmaydi. Qandaydir ish bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, misralarni kelishtirib, qofiyani o‘xshatib so‘zlaydi. Ilhomi kelsa esa qayerda va qanday holatda bo‘lmasin, qoralashga tushib ketadi. Mana sizga ijodning kuchi.
Yosh shoir qanday mavzuda yozmasin, uning har misrasida dard bor, og‘riq bor. U bugunning dolzarb mavzularini qalamga olib, she’rlariga jo etgan. Oldi-qochdi, havoyi hislar ila o‘zini shoir anaydiganlar uchun esa Zokir Nuraliyevning she’rlari, ijodi yaxshigina “master-klass”dir. Uning ana shunday ijod namunalari esa yoshlar nashriyot uyi tomonidan “Kuz yomg‘iri” nomi bilan chop etildi. Yosh shoirning bu ilk to‘plami o‘zi uchun hm eng yaxshi tuhfa bo‘ldi. Yana yozishga, ijoddan to‘xtamaslikka kuch bag‘ishladi.
Toplamdan joy olgan she’rlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bildiradigan fikrlarimiz sizni ham ushbu she’rlarni o‘qishga undashi aniq.
Vatan muhabbatini undan uzoqda yurgan odamlardan-da yaxshi biladigan bo‘lmasa kerak. Bu borada Zokir Nuraliyevning ham o‘z aytarlari bor. Bu aytarlar qog‘ozga ko‘chganda ajib she’r tug‘ilgan. Vatan sog‘inchini yuqori paradlarda kuylaydiki, shoir og‘riqlarini his etasiz.
Yosh shoir “Vaqt” she’rida vaqt o‘tayotganidan kuyinadi. Odamlarni uyg‘otishga urinadi. Kitobni varaqlab turib, yosh oshiqning qalbiga ingan inja tuyg‘ular, sevgi haqida kuylayotganiga, misralaridagi sho‘x-shodon qochirmalar bilan yoriga ta’rif berayotganiga, sevgisiga inontirmoqchi bo‘lganiga guvoh bo‘lsangiz, boshqa bir she’rida esa qalbini firoq qiynayotgan bo‘ladi. Sevgan qizining to‘yi bo‘layotgani, ayriliq va armon azobi esa o‘quvchini ham oshiq shoirning dard-u tug‘yonlarini his etishga majbur etadi.
Boshqa o‘rinda shoir Zokir otasining ko‘z o‘ngida quvvati ketib, munkillab qolayotganidan, onasining sochlariga oq tushib, yuzlariga tushgan ajindan tashvishlanadi. Bunday tanish tuyg‘ular esa kitobxonni ham o‘ylantirishi, ota-onasiga nisbatan mehr-muhabbatini oshirishga undashi aniq. Har bir she’r haqida uzoq to‘xtalish mumkin, ammo ming marta eshitgandan, bir bora o‘qigan afzal, muallif aytmoqchi bo‘lganlarni his qilmoq lozim. Demak, “Kuz yomg‘iri” sizning ham kitob javoningizdan o‘rin olsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Har qalay qalbingiz she’r qumsasa, “Kuz yomg‘iri” ko‘ngilga ajib tuyg‘ularni olib kirishi shubhasiz.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun