Trening manfaatli bo‘ldi

Date:

Viloyat hokimi tomonidan o‘tgan haftada Termiz shahrida joylashgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishuvida tadbirkorlar uchun markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda ko‘maklar borasida seminar-trening tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi. Termiz shahrida joylashgan Bilim va malakalarni baholash markazi binosida vohamiz hududlaridan tashrif buyurgan mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirokida ayni topshiriqqa binoan uchrashuv hamda seminar-trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Viloyat rahbari yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalib, jahon bankining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan Biznes inkubator va tadbirkorlikka o‘qitish markazi tomonidan tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar bepul ko‘rsatilishi, mahsulotlar va xizmatlarni xaridorlarga tanitish, xorijiy kompaniyalar faoliyati bilan tanishtirish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uskunalar keltirish kabi masalalarda yordam berishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, markazning xorijda tajriba orttirgan malakali mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, yordam va ko‘mak turlari, hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil axborot berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun