Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q

Date:

Farzandingizni quvontirish uchun qandaydir sovg‘a olmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshi tanlov kitobdir. Bu bilan siz ularga chin do‘st hadya etgandek bo‘lasiz. Buni esa ular mutolaa davomida anglab yetishadi. Zora, bu bilan bolajonlarimiz kitobga oshno tutinib, mutolaani odatga aylantirishsa…
Kitob tanlashda ham did va saviya muhim. Albatta, o‘qishli, ma’naviy ozuqa bo‘la oladigan asarlarni tanlash lozim. Shundagina farzandlarimiz ota-onasining bu tanlovidan mamnun bo‘lishadi. Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida ayni maqsadda “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu kitoblar yarmarkasida maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun