Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Date:

Ba’zan yo‘llarda bo‘layotgan transport hodisalari haqida eshitib, haydovchi-yu yo‘lovchilar yo‘l qoidalarini bilganlarida yoki amal qilganlarida edi, mana shunday holatlar sodil bo‘lmasmidi, degan xayolga boramiz. Inson bolaligidan dunyo haqida ilk tushuncha va bilimlarini olar ekan, zarur bilimlar ham ayni paytdan berilishi lozim degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday ekan, yo‘l qoidalari ham ayni bog‘cha va maktab yoshidan o‘rgatib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sariosiyo tumanidagi 18-maktabida oʻquvchilar va ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl transport hodisasi va ularning oldini olish toʻgʻrisida targ‘ibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Sariosiyo tumani masʼul xodimi kapitan A.Abdurahmonov, serjant Z.Qurbonov va Milliy gvardiya bolalar bilan ishlash boʻlimi rahbari K.Mo‘minov hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda yo‘l qoidalari haqidagi chiqishlar, amal qilish lozim bo‘lgan jihatlar qiziqarli tarzda yetkazildi. O‘quvchilar o‘zlari uchun kerak bo‘lgan bilim va tushunchalarni olib, tadbirda faol ishtirok etdilar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun