Sinov natija berdi

Date:

Buyrak saratoniga qarshi vaksina dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Massachusetslik tadqiqotchilar ishlab chiqqan vaksina hatto III va IV bosqichdagi o‘simtani ham yo‘q qila olgan. Sinovlarda qatnashgan bemorlar to‘liq davo topishgan, oradan 34 oy o‘tib, kasallikning retsidivlari (qaytalanishi) qayd etilmagan.
Vaksina siri — individual yondashuvda. Dori bemorning saraton o‘simtasi asosida yaratiladi, so‘ngra kuchli immun javob beriladi, natijada T-hujayralar 166 karra ko‘payib, organizmning o‘zi saratonni yengadi.
Hozirda vaksina xalqaro sinovlardan o‘tmoqda. Agar barchasi muvaffaqiyatli tugasa va bu davolash usuli ommalashsa, onkologiya butkul o‘zgarib ketadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun