Aholi tashabbusi bilan…

Date:

Ayni qish kunlarida elektr energiyasida uzilish bo‘lsa yoki past kuchlanish bo‘lsa, odamlarning ahvoli qanday kechishini bir tasavvur qiling. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida afsuski holat shunday. Bu uyni isitishda, yoritishda va boshqa jihatlarda qiyinchilik tug‘dirishini mahallada yashovchilardan yaxshiroq biladigan topilmasa kerak. Nihoyat, mahalla aholisi o‘z tashabbusi bilan birlashib, hashar yo‘li bilan yangi elektr tarmog‘ini barpo etdi. Fuqarolar o‘z mablag‘lari hisobidan 1 dona yangi transformator, 5 dona elektr ustuni va 1000 metr sim kabel xarid qilib, o‘z kuchlari bilan o‘rnatishdi.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasida hududdagi elektr ta’minoti sezilarli darajada yaxshilandi va aholining kundalik turmush sharoitlari ancha qulay bo‘ldi. Bu tashabbus mahalladagi jamoaviy birdamlik va hamjihatlikning yorqin namunasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun