Dala chetlariga ham…

Date:

Ishning ko‘zini bilgan odam yerning bir qarichini ham bo‘sh qo‘ymaydi, balki undan oqilona foydalanadi. Jarqo‘rg‘on tumanining barcha fermer xo‘jaliklarida dala chetlari ham bo‘sh qoldirilmay, ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Tabiatni asrash, shamol va tuproq eroziyasining oldini olish, shuningdek, hududning yashil maydonlarini kengaytirish maqsadida bu yil fermerlar tomonidan minglab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Ko‘chat ekish jarayonida mevali va manzarali daraxtlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, tut, yong‘oq, bodom, chinor, kashtan kabi daraxtlar ekilishi tuproq unumdorligini saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi. Fermerlar bu tashabbusga katta qiziqish bilan yondashib, har bir dala chetini yashil hududga aylantirishga harakat qilmoqdalar.
Mahalliy ekologlar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bu jarayonni nazorat qilib, fermerlarga zarur tavsiyalar bermoqda. Tashabbus natijasida Jarqo‘rg‘on tumanida yanada yashil muhit shakllanishi, qishloq xo‘jaligida ekologik barqarorlik oshishi hosildorlikning yaxshilanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun