Ishlar tizimli rejalashtirilgan

Date:

Yer — umummilliy boyligimiz, uni asrab avaylash, kelajak avlodga busbutun holda yetkazish har birimizning vazifamizdir. Surxondaryo viloyatida ham davlat yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Yer qonun buzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Jumladan, Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2024-yilda o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida jami
4 ming 162 taholatda1 674gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlari aniqlandi.
Shundan, 1ming 388 ta holatda 1 515 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida,

  • 1 ming 528 ta holatda 55,5 gektar aholi punkti yerlarida,
  • 386 ta holatda 16 gektar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda,
  • 2 ta holatda 0,1 gektar tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar,
  • 6 ta holatda 0,50 gektar tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda,
  • 86 ta holatda 27 gektar o‘rmon fondi yerlarida,
  • 326 ta holatda 30 gektar suv fondi yer toifalarida amalga oshirilgan,
  • 440 ta holatda 29 gektar zaxira yerlar.
    Mazkur yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida
    yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 4 ming 162 ta yozma ko‘rsatmalar yuborildi hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 2 ming 781 tasi, ya’ni
    508 gektardagi yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilishiga erishildi.
    Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun
    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk va ijara hududi asosida elektron online auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilan qo‘yilgan. Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish sho‘basitomonidan 2024-yil davomida Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish uchun jami 6 ming 644 taholatda 605 gektar yer uchastkalari yer elektron axborot tizimiga kiritildi. Ushbu yer maydonlaridan vakolatli organlar muhokamasida turganlari soni 751 taholatda 92 gektar, shundan auksion savdolariga chiqarilganlari 2 ming 622 ta holatda 383 gektar.
    2025-yilda ham bir qancha ishlar reja qilingan, jumladan, tadbirkorlarimiz va fuqarolarimiz faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan qulay yer maydonlari belgilangan tartibda aniqlanib, auksion savdolariga chiqarib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun