Milliy libos — millat timsoli

Date:

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.


Termiz davlat pedagogika institutida “Milliy libos — millat timsoli” mavzusida badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari Dilbar Normurodova, Sayyora Xadjayeva, Mahbuba Ro‘ziyeva hamda institutning professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, milliy liboslarning tarixi, ularning turli hududlardagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmatni oshirishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun