Ishsizlik dolzarb muammo, jamiyat tanazzuliga boshlovchi bosh sababdir. Shu sababdan ham ishsizlikka barham berib, oilalarni kambag‘alliklar olib chiqish maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotir. Tajribada muvaffaqiyat keltirgan loyihalar ommalashtirilayotganda, ko‘proq o‘zimizdagi imkoniyatlar, shart-sharoitlar inobatga olinayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlariga tashrif buyurib, chegara oldi hududlarda joylashgan, ishsizlik darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan “qizil” toifaga kiritilgan, kambag‘allik darajasi yuqori va jinoyatchilik nisbatan o‘sgan mahallalar infratuzilmasi, aholi turmush sharoitlari bilan tanishdi.
Aholi xonadonlarida mavjud tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, oilalarning ishsiz a’zolari bandligini ta’minlash ishlari hamda mahallalarda obodonlashtirish tadbirlarining holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida xonadon sohiblari bilan suhbat qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yer maydonlarida mahsulot yetishtirish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda mutasaddilarga mavjud muammolarni hal etib, aholiga ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.
Hududlarga tashrif davomida Sherobod tumanida metan “zapravka” rahbari tomonidan adirlik maydoniga suv chiqarib anorzor tashkil etish hamda sesarka boqish loyihasi bilan ham tanishildi. Viloyat rahbari anorzorga ko‘chat ekdi. Xayrli tashabbusga labbay deb, adirlikdagi yerni foydalanishga kiritish orqali bog‘ yaratgan tadbirkorga minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, onlayn formatda viloyat hududlarida “Metanchilar bog‘i” tashkil etish loyihasining borishi hamda o‘tgan haftada o‘tkazilgan muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.
Mavjud muammolar hal etilsa…
Date: