Yangi vakolatlar nima beradi?

Date:

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro sanʼatini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Hujjatga koʻra, Madaniyat vazirligining jonli ijro sanʼatini rivojlantirish, sanʼatkor, ijodkor hamda ijrochilarni qoʻllab-quvvatlashga oid bir qator vakolatlari belgilanmoqda.
Jumladan, davlat madaniy konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanish darajasini hamda usullarini belgilash, ijrochilar tomonidan fonogramma va mualliflik asarlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilikka rioya etishlarini monitoring qilish hamda milliy sanʼat va madaniyat nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, qonun bilan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Yangi normalarning amaliyotga joriy etilishi musiqa sohasi yanada rivojlanishiga, yangi isteʼdodlar kashf etilishiga, oʻzining haqiqiy jonli ovozi boʻlgan xonandalar va sozandalar faoliyati keng ragʻbatlantirilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Qonun bilan konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari koʻrsatilishi shart ekanligi hamda konsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida oʻn foizini tashkil etishi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga, jonli ijro sanʼatini rivojlantirishga, isteʼmolchilar huquqlarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun