Bosim qilsang, baloga qolasan

Date:

Har yili avtomashinalarga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi oqibatida o‘nlab baxtsiz hodisalar ro‘y bermoqda. Afsuski, ko‘pchilik haydovchilar gaz ballonidan foydalanish bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga rioya etmayapti. Bunday baxtsiz hodisalarning avtomobil saqlash joylarida sodir bo‘lmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan gaz ballonlarining foydalanish muddati 15 yil qilib belgilangan. Ammo uni saqlash va ekspluatatsiya sharoitining og‘irligiga qarab bu muddat kamayishi mumkin.
Gaz ballonidagi bosim 20 megapaskaldan oshib ketmasligi kerak. Afsuski, aksariyat haydovchilar uzoqroq yo‘l bosish maqsadida ko‘proq bosim ostida gaz quyishga harakat qilishadi. Oqibati esa ayanchli yakun topishi mumkin.
Gaz ballonlari har yili kamida bir marotaba yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi kerak.
2018-yil fevral oyidan buyon O‘zbekistonda SPG-2 turdagi (kapron) gaz balloni foydalanishdan chiqarilgan. Ammo hozir ham bunday gaz ballonlaridan foydalanish holatlari uchrab turadi. Bundan tashqari, ballon yuzasidagi kompozit qoplamani olib tashlab, xuddi po‘lat ballondek ko‘rsatish holatlari aniqlanmoqda.
Gaz ballonlari faqat tegishli litsenziyaga ega mutaxassislar tomonidan o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, gaz uskunalarining standart xavfsizlik klapanlari bo‘lishi kerak. Arzon hamda qo‘lbola xavfsizlik klapanlari tezda ishdan chiqadi va zarur hollarda ishlamay qoladi. Favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun yong‘in va portlashga qarshi xavfsizlik talablariga rioya etish talab etiladi. Bu esa yong‘in va gaz ballonlarining xavfsizligini, shuningdek, insonlar hayoti hamda salomatligini asrashni ta’minlaydi.

Faxriddin ABDURAZZOQOV,
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot xavfsizligi o‘quv markazi Denov filiali o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun