Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Date:

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini, kuzatayotib, ko‘zimiz quvnashini istaymiz. Axir, vohaga mehmon bo‘ladigan hech bir insonning taassuroti salbiy bo‘lmasligi kerak. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda Surxon daryosining Termiz tumani hududidan o‘tuvchi qismidagi bo‘sh va to‘qayzor maydonlardan samarali foydalanish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu maydonlarda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlanib, qator loyihalar amalga oshiriladi. Ya’ni daryoning
6 kilometrlik qismida zamonaviy saylgoh barpo etiladi. Qurilajak savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari esa aholiga munosib xizmat ko‘rsatishi puxta o‘ylangan. Shuningdek, ayni rejalar sirasiga ko‘ngilochar maskanlar hamda turar joy majmualarini barpo etish kiritirilgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimot davomida daryo suvining fasllar bo‘yicha sathi, sel xavfsizligi hamda qirg‘oqbo‘yi infratuzilmasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kommunal xizmatlar manbalarini samarali joylashtirish va muhandislik tarmoqlarini to‘g‘ri rejalashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Hokim loyihalarni takomillashtirish jarayonida energiya tejovchi va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Aqlli hudud” konsepsiyasini joriy etish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda barpo etilayotgan “Texnopark” loyihasi ham o‘rganildi. Qurilish ishlari va dasturlar ijrosi bo‘yicha mas’ullarning axboroti tinglanib, sifat va belgilangan talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun