Kasblar o‘rgatilmoqda

Date:

Bugungi kunda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga xorijiy til va kasb-hunar ham o‘rganishiga zamin hozirlangan. Ayniqsa, maktabdan keyin ham kasb-hunar maktablari va texnikumlarda yigit-qizlar o‘zlari qiziqqan kasb-hunarni ham o‘rganishi quvonarli holdir. Ta’limning keyingi bosqichini davom ettira olmagan yoshlar uchun o‘rgangan hunarlari foyda keltirib, ayni yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari aniq.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumaniga tashrifini davom ettirib, yoshlarga kasb-hunar o‘rgatib kelayotgan 2-sonli politexnikum faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim maskanida chilangarlik, mexanik, qandolatchilik, tikuvchilik kabi kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat rahbari ta’lim maskanining mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanish, o‘quvchilar, shuningdek, ishsiz aholini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni samarali tashkil etish lozimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida aholi xonadonlarida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik loyihalari, xususan, chilangarlik, qandolatchilik, tomorqadan samarali foydalanish, uzumchilikni rivojlantirish, zovurlarda o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishildi.
Mutasaddilar shu yerning o‘zida tumandagi 8 ta mahallada “Yangi ro‘zg‘or” tajribasi asosida voish usulida uzum yetishtirish hamda 20 ta o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yish loyihalarini taqdimot qildi. Shuningdek, tumanning “Yangi kuch” mahallasida 22 ta xizmat turini ko‘rsatuvchi “Yangi kuch” mahalla servis kompaniyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Umumiy qiymati 350 million so‘m bo‘lgan MSK 11 turdagi zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, hududdagi mavjud infratuzilma muammolarini hal etish va kommunal servis xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun