Bojxonachilar sharaflandi

Date:

Har bir soha fidoyilikni, jonkuyarlikni talab etadi. Ayni jihatlar bilan olib borilgan faoliyat esa sohani rivojlanishiga xizmat qiladi. Bojxona tizimida xizmat qilayotganlar ham kunni kun, tunni tun demay, faoliyat yuritishayotgani tahsinga sazovor, albatta. Ana shunday jonkuyar bojxonachilarning ximzatini e’tirof etish, munosib rag‘batlantirish maqsadida Termiz shahridagi “Shohsaroy” tantanalar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 26-yanvar – Bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.


Huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim sohalardan biri ekanligini ta’kidladi hamda bojxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.


Bu borada birgina o‘tgan 2024-yilda viloyat Bojxona organlari tomonidan 2 million nafar fuqaro, 485 mingta transport vositalari hamda 7,0 million tonnaga yaqin tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Shuningdek, noqonuniy va inson salomatligi uchun xavfli tovarlarning yurtimizga kirib kelishining oldi olingan hamda ko‘rsatilgan xizmatlar orqali davlat budjetiga 400 milliard so‘m tushum ta’minlandi.


Viloyat rahbari Bojxona organlarida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning bir guruhiga viloyat hokimligi faxriy yorliqlari va sovg‘alarini tantanali topshirdi.
To‘kin dasturxon atrofida o‘tgan bayram tadbirida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Jenisbek Piyazov, estrada xonandasi Ruxshona va vohamizning taniqli san’atkorlari o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun