Mavsum tanlamas biznes

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Kakan” mahallasi ahli kambag‘allikdan chiqishning munosib yechimini topishdi. Bunda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi sabab bo‘lib, mahalla ahli o‘zlarini qo‘ziqorinchilikda sinab ko‘rdilar. Natija esa yomon bo‘lmasligi aniq.
Axir har qanday biznes reja puxta o‘ylab, istiqbolli jihatlari hisobga olgan holda amalga oshiriladi-ku! Ustiga-ustak qo‘ziqorin mahsulotini yetishtirish mo‘may daromad keltirishi amaliyotda sinalgan.
– Mahallamizdagi 5 xonadonga qo‘ziqorinning “veshenka” navini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi hokim yordamchisi Muhammad Shoyqulov. – Bu nav juda foydali va oqsilga boy. Xaridorlari ham ko‘p. U 27-28 kunda hosilga kirib, bir oy nari-berisida to‘liq pishib yetiladi. Bitta 2 kilogramm sheluxa solingan qopga joylangan qo‘ziqorin urug‘lari o‘rtacha 10-12 kilogramgacha hosil beradi. Afzallik tomoni, uni yil 12 oy davomida yetishtirib, yiliga 4-5 marotaba daromad olsa bo‘ladi.
Mazkur “veshenka” qo‘ziqorin navlari mavsum tanlamaydigan qo‘ziqorinlar polietilen qopchalarda yetishtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun