Mardlar maydonda sinaldi

Date:

Harbiylar uchun harbiy tayyorgarlik muhim. Axir vatan himoyasiga otlangan har qanday o‘g‘lon kuchli, zabardast, sog‘lom va abjir bo‘lmog’I kerak. Ana shundagina tunimiz osuda, hayotimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga amin bo‘lamiz. Sho‘rchi tumanida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning kurash turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada esa askarlarning harbiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Musobaqada Ichki ishlari bo‘limida mehnat qilayotgan xodimlar 70-80 kilogramm vazn toifasida maydonda kuch sinashdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, 70 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni Ikrom Xo‘shboqov egalladi. Musobaqaning 80 kilogramm vazn toifasida esa g‘oliblik Zayniddin Qobilovga nasib etdi. Yakunda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun