Armiya — hayot maktabi

Date:

Vatan himoyasi muqaddas burch, ayni shu sababdan ham o‘z burchini bajarishga otlanganlar bilan faxrlanamiz, g‘ururlanamiz. Biz ham ulardek bo‘lishni orzu ham qilamiz. Holbuki, o‘zini Vatan xizmatiga baxshida etish eng ulug‘ ishdir.
Yuragida o‘ti, qalbida vatanparvarlik jo‘sh urgan yoshlargina ana shunday fidokorlikka, jonbozlikka qodirdirlar. Fidokor o‘g‘lonlar sabab bugun sarhadlarimiz, umuman yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz emin-erkin, qo‘rquvlarsiz hayot kechirayotir. Yoshlarni ana shunday vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda tadbirlar uyushtirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida DTPIning Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti faollar zalida tashkil etilgan tadbir aynan shu shior ostida o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida harbiy soha vakillari, Denov tumani hokimi o‘rinbosari, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, faxriylar va harbiy xazmatga chaqiriluvchi yoshlar ishtirok etdi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqasadida tashkil etilgan tadbirda, yurtiga sadoqatli vatan himoyachisi qanday bo‘lish kerakligi haqida so‘z yuritildi. Harbiy orkestr chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir so‘nggida faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Oldingi sahifaChora koʻrildi
Keyingi sahifaTa’til foydali o‘tmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun