Meritokratiya tamoyili amalda

Date:

Prezidentimiz rahbarligida barcha soha va tarmoqlar qatori davlat xizmati sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni kadrlar tanlashning shaffof va adolatli tizimini yaratish, yoshlarni rahbarlik lavozimlarga tayyorlab borish, davlat xizmatchilarining uzluksiz malaka oshirib borishi kabi yo‘nalishlarda tub islohotlar olib borilayotgani mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati, xususan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirib, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat boshqaruvi sohasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida 2024-yil 8-avgust kuni “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi aniq belgilanib, davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Qonunda Davlat fuqarolik xizmatchilarining asosiy prinsiplari qatoriga “Xalqqa xizmat qilish” va “Davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi” prinsiplarining kiritilishini alohida e’tirof etish o‘rinlidir. Boisi bu inson qadri ulug‘langan yurtimizda barcha islohotlar inson va uning manfaatlariga xizmat qilayotgani jamiyat hayotida o‘z aksini topayotganining yorqin ifodasidir.

Buni davlat xizmatchilarining Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, halollikni kundalik shiorga aylantirish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish kabi prinsiplar asosida amalga oshirish shartligi belgilangan Odob-axloq qoidalarining qabul qilinishida ham ko‘rish mumkin.

Shuningdek, qonunda manfaatlar to‘qnashuvi normasi ham aks ettirilgan. Ushbu normada, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerakligi va manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari esa ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Davlat xizmatiga kirishning agentlik tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ochiq mustaqil tanlov mexanizmlari orqali meritokratiya tamoyili amalda ishlay boshladi. Ushbu yangicha tanlov tartibotlari sohada tanish-bilishchilik va turli korrupsiogen omillarning oldini oladi.

Endilikda davlat organlariga kimningdir tavsiyasi yoki subyektiv fikri emas, balki barcha uchun teng va ochiq bo‘lgan, inson omili maksimal kamaytirilgan, talabgorning malakasi va kasbiy kompetensiyalarining sog‘lom raqobatini ta’minlaydigan “vacancy.argos.uz” elektron portali orqali eng munosib nomzodlar tanlab olinmoqda.Bir so‘z bilan aytganda, davlat xizmatchisi o‘z ustida muntazam ishlaydigan, kasbiy va zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, tahlil va tafakkur qilishi, muammolarni hal etishda yangicha fikrlar bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lgan yetuk va fidoyi shaxs bo‘lishi lozim.

Sherzod XIDIROV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bosh inspektori

Oldingi sahifaRuhiyatga singib…
Keyingi sahifaChora koʻrildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun