Qamrovini oshirib…

Date:

“Besh tashabbus” olimpiadasi maktab-u mahalla yoshlarini qamrab olib, tanlovning ahamiyati oshgan edi. Yoshlarning vaqti mazmunli o‘tkazilib, sport turlariga, biror kasb-hunarga qiziqishlari oshirilayotgandi. G‘oliblik, muvaffaqiyat esa kelgusi rejalarni katta olishga xizmat qilishi esa yigit-qizlar hayotida tub burilishlar yasayotgani ham bor gap.
Olimpiadaning qamrovini oshirish maqsadida idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ham bellashuvlar tashkil etilmoqdaki, bu bilan qay sohada faoliyat yuritmaylik, sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini yodga solayotgandek. Termiz shahrida ham “Besh tashabbus” olimpiadasi musobaqalarga keng o‘rin berilmoqda. Jumladan, mini-futbol bo‘yicha bellashuvning viloyat bosqichi qizg‘in tus oldi.
E’tiborli jihati, eng kuchli jamoalar to‘p surib, g‘oliblik uchun bellashdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Termiz shahar harbiy qism jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun