Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida…

Date:

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizm boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni jamoatchilik kengashi raisi, nafaqadagi polkovnik Axmad Xoliqov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash guruhi yetakchi yuriskonsulti, podpolkovnik Murod Shaymardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2023-yil 11-mart kunidagi “Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 122-son buyrug‘i talablari va ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar keltirib, jamoatchilik kengashi a’zolarining yangi tarkibini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiyev tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni ta’minlash hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. O‘z navbatida, jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan jamoatchilik kengashining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zlangan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil qilinib, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimi mayor Farrux Qodirov tomonidan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan yeterlicha javoblar olishdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun