Tayyorgarlik qizg‘in…

Date:

Qanday ob-havo bo‘lishidan qat’i nazar odamlar kayfiyatida ko‘tarinkilik ustuvor. Sanoqli kunlardan so‘ng yangi yilning kirib kelishini o‘zgacha bir tadorilik bilan kutib olishmoqda. Ayniqsa, ko‘cha-ko‘yda bezatilgan archalar, ertak qahramonlarining suratlari, qor parchalari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, bola yanglig‘ mo‘jizalarga ishontirayotir. Ayni holat Oltinsoy tumanida ham hukmron. Tuman ahli bayram tantanalarini nishonlashga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan. Tumandagi “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston madaniyat va istirohat bog‘i”da tumanning Asosiy archasi o‘rnatilgan. Archani bezash, chor atrofni bayramona holga keltirish qizg‘in tus olgan. Tuman hokimi B. Maxmatrayemov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, kamchiliklarni bartaraf etish, bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va tavsiyalarni berishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun