“Ixtirochilikka qadam”

Date:

Qachonlardir telefon yaratilgani, kompyuterning ixtiro qilinishi katta yangilik edi. Bugun esa shunchaki ehtiyoj sifatida qaraladigan bu vositalardan-da mukammalroq vositalarning kashf etililishi oddiy holga aylangan. Ayniqsa, sohada olim-u fozillar emas, uddaburon yoshlarning-da muvaffaqiyat qozonayotgani e’tirof etarli holat.Ha, bugun robot yaratish, og‘irimizni yengil qiladigan qurilmalarni kashf etish yangilik emas, balki qulaylikdir. Ana shunday yaratuvchanlikka qodir iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchilar tomonidan taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish talab etiladi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli Ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan maktab internatida tanlovning tuman bosqichi jarayonlari qizgʻin tarzda o‘tkazildi. ishtirokchilar o‘zlari yaratgan loyihalar bilan ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdilar. Har bir ixtiro qiziqarli va foydali bo‘lib, hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Oldingi sahifaAlplar kurashdi
Keyingi sahifaTayyorgarlik qizg‘in…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun