Inson qadri uchun

Date:

Shamollab qolsak, antibiotik qabul qilishni boshlaymiz. Ammo ba’zida bu bilan tezda tuzala qolmaymiz. Balki ushbu antibiotik organizmimizga ta’sir qilmayotgandir. Albatta, buni tekshirtirgan holda, shifokor tavsiya qilgan davo muolajalarini qabul qilsakkina, tuzalamiz. Shunday paytlarda o‘zimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘lmasa, shaharga borishimizga to‘g‘ri keladi.
Ortiqcha sarsongarchiliklarning oldini olish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida Angor tumanining “Navro‘z” mahallasi hududida qurilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Q.Mardonov, viloyat Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Abdusamad Mustanov hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda tibbiyot hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu islohotlar inson qadri uchun xizmat qilayotganligini ta’kidladi.
Endilikda yuqumli va yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi hamda ularga qarshi emlash ishlarini olib borish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyatimizni yanada samarali olib borilishiga imkoniyat yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun