Bandixonliklar Qoraqalpog‘istonda

Date:

San’atning kuchini surat qarshisida lol qolgan tomoshabin belgilab beradi. Ajoyib kuy-qo‘shiqqa mast bo‘lib raqsga tushayotgan raqqos-u raqqosalar “mana sizga san’atning kuchi” deyayotgandek. Aktyor monologiga, voqealar rivojiga berilib ketib, o‘zingizni to‘xtata olmay ko‘zlaringizdan yosh oqyaptimi, demak, siz san’atning ta’mi totgandek bo‘lasiz. Ha, san’at ana shunday sehrli kuchga ega. Bir zumda sizni lol qoldiradi, quvnatib, yig‘lata oladi.
Bandixon tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida bo‘lib, mahalliy aholi va yoshlarga konsert tadbiri orqali o‘z san’atlarini namoyishdi. Konsert dasturida o‘zbek va qoraqalpoq xalqining boy ma’naviy merosini tarannum etuvchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulug‘lovchi yorqin chiqishlar qilindi.
Taxiatosh yoshlarining qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi rang-barang ijodiy dasturlar namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun