Ehtiyotkorlik va xavfsizlik muhim

Date:

Havo-gaz aralashmasining chaqnashi — yonuvchi gaz va havoning xavfli reaksiya natijasida paydo bo‘ladigan chaqnash hodisasidir. Bu hodisa odatda gaz sizib chiqishi va uning havo bilan ma’lum nisbatda aralashishi oqibatida yuzaga keladi.
Chaqnashning sabablari:
— Gazning sizib chiqishi: Gaz plitalari, quvurlar yoki uskunalarning nosozligi tufayli gaz sizib chiqishi mumkin.
— Havoning yomon aylanishi: Xonadagi ventilyatsiya tizimining samarali ishlamasligi gaz yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
— O‘ta qizib ketgan sirtlar yoki uchqunlar: Elektr uskunalaridan chiqadigan uchqunlar yoki juda qizigan jismlar chaqnashni qo‘zg‘atishi mumkin.
Noto‘g‘ri foydalanish: Gaz uskunalarining noto‘g‘ri ishlatilishi yoki texnik xizmat ko‘rsatilmasligi chaqnashga olib kelishi mumkin.
Chaqnashning oldini olish uchun gaz uskunalarini muntazam tekshirish, quvurlar va plitalarning nosozligini oldindan aniqlash zarur. Xonani doimiy ravishda shamollatib turish talab etiladi. Gaz bilan ishlashda ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimdir.

Jovli Eshboyev,
Viloyat FVB YOPB bosh inspektori, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun