Marketingni kuchaytirsak…

Date:

Bugungi kunda turizm sohasi dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlanishning bir ko‘rinishi yoki ajralmas qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Natijada, butunjahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin oldi.
O‘zbekistonda turistlarni qiziqtira oladigan madaniy va moddiy resurslarga boy hudud hisoblanadi. Yurtimizning jahon madaniyati xazinasiga kiritilgan ko‘plab arxitektura yodgorliklari mavjud. “YUNESKO”ning “Jahon merosi” deb nomlangan ro‘yxatiga Buxoro, Xiva Shahrisabz va Samarqand shaharlarining kiritilganligi so‘zimning yaqqol isbotidir.
Turizm sohasi infratuzilmasini, yangi turistik resurlarni yaratish, turizmda marketing xizmati va boshqa omillar orqali rivojlantirish tabiiyki, mamlakatga turistlar oqimi kuchayishiga olib keladi. Buning natijasida davlat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan investitsiyalar oqimining o‘sishiga va pirovardida iqtisodiyotning rivojlanishiga zamin yaratadi. Buning uchun esa turizmda marketingni kuchaytirish, boy madaniy va moddiy merosimiz obyektlarini asrab avaylab, ulardan oqilona foydalanishimiz lozim.

Kamoliddin SHODIYEV,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun