Rejissor va dramaturglar uchun mukofot

Date:

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi. Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Rejissor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025-yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi. Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissorlari akademiyasi tashkil etiladi. Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi.
2025-yildan har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha “Eng yaxshi pyesalar” tanlovi tashkil etiladi. O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun