Harbiy qism tashkil topgan sana nishonlandi

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism tashkil 1941-yil 5-dekabr kuni Sol-Ileysk shahrida tashkil topgan va o‘zining uzoq va qahramona yo‘lini ikkinchi jahon urushi yillarida boshlagan. Fashizm bilan olib borilgan urush yillarida harbiy qismga nisbatan davlat rahbariyati tomonidan to‘rt marotaba minnatdorchilik bildirilgan. 1944-yilda 3-darajali “Suvorov” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 28-oktyabr kuni harbiy qism Sol-Ileysk shahridan Termiz shahriga ko‘chirib kelingan. Hozirgi kunga qadar ushbu harbiy qism o‘tkazilayotgan armiya o‘yinlarida hamda davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, Mudofaa vaziri nomidan taqdirlanib kelinmoqda.
Ushbu harbiy qism topgan kun munosabati bilan Termiz shahrida tantnali tadbir tashkil etildi. Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ma’sul ofitserlari, Afg‘on urush faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda viloyat madaniyat markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Harbiy qism ochilishiga bag‘ishlangan tadbir harbiy qism madaniyat markazida boshlandi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va Mudofaa vaziri buyrug‘ida ko‘rsatilgan bir guruh harbiy xizmatchilari, Afg‘on urushi qatnashchilari va Qurolli Kuchlar ishchi ximzmatchilari minnatdorchilik, navbatdagi unvon, I, II, III darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishonlari bilan hamda viloyat xokimining hamda kuch tuzilma rahbarlarining qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbirida harbiy orketsrt kuy qo‘shiqlariga ulanib, san’atkorlar barcha bayram ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdilar. Barcha ishtirokchilar bayram dasturxoniga taklif qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun