Istiqboldagi rejalar belgilandi

Date:

Tadbirkor va ishbilarmonlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat tadbirkorning o‘ziga balki atrofdagilarga va davlatga ham foydadir. Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, mahsulot va xizmat ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi har tomonlama manfaatlidir. Viloyatimizda ham ana shunday ishbilarmon insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, sanoat zonalari hamda eksport va logistika markazlari faoliyatini bilan tanishish asnosida tadbirkorlik faoliyatlari e’tibordan chetda qolmadi. Dastlab Termiz shahrida Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar va banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, “Kokildor ota” mahallasidagi “Ro‘ziboy Xo‘janov” fermer xo‘jaligi tomonidan yetishtirilayotgan eksportbop mahsulotlar, xususan, qulupnay yetishtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, tadbirkor bilan suhbat qilindi.
Shundan so‘ng, “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi nazorat idoralari va bojxona posti faoliyati ko‘zdan kechirilib, eksport-import jarayonlarini soddalashtirish maqsadida yagona innovatsion tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Termiz erkin iqtisodiy zonasi” va “Termiz Cargo Centre” logistika markazi faoliyatlari bilan tanishuv davomida hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, eksport-import jarayonlarining borishi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Tashrif yakunida viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani “Joziba” mahallasida qurilayotgan mikro GESdagi ishlarni ko‘zdan kechirib, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Tanishuvlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berilib, istiqboldagi rejalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun