9-noyabrdan 9-dekabrga qadar…

Date:

Har bir davlat xizmatchisi borki, yelkasida ikki barobar mas’uliyat bo‘ladi albatta. Biri o‘z zimmasidagi vazifasini to‘la ado etish bo‘lsa yana biri unga najot ko‘zlari ila boqib turgan aholining ishonchini poymol qilmaslikdir. Ana shunday mas’uliyatli soha vakillari favqulotda vaziyatlar sohasida xizmat qilayotganlardir.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “9-noyabrdan 9-dekabrga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Termiz davlat muhandislik universitetida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda mas’ullar tomonidan FVBda yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, oldi olingan va bartaraf etilgan ko‘ngilsiz holatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, yil davomida korrupsion holat kuzatilmagani e’tiborga molik, albatta.
Jarayon davomida OAV vakillariga yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar, KPI tizimlari, zarururiy talablar, texnik baza imkoniyatlari va boshqa jihatlar haqidagi savollarga javob olishdi.
Soha mutaxassislari holat sodir bo‘lganda dastlabki yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalari va aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, bu orqali ularning ogohligini oshirish maqsadida OAV bilan aloqani yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Nodira MUSAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun