Vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda

Date:

Har bir harakatimiz vatanga bo‘lgan muhabbat bilan bog‘lansa, boshlagan ishni udda qilmay to‘xtamaymiz. Sportchilarimiz erishayotgan yutuqlarda, harbiylarimizning kuch va salohiyatida ayni muhabbat tuyg‘usi ustuvorlik qiladi.
Sariosiyo tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida tumandagi ta’lim muassalaridan otaliqqa olingan (10-11-sinf) o‘quvchi-yoshlar ishtirokida, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, ishtirokchi o‘quvchilar yugurish va boshqa turdagi sport musobaqalarida o‘zlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir bosqich qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Natijalarga ko‘ra tumandagi 50-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun