ADOLAT, ERKINLIK VA YUKSAK TARAQQIYOT SARI…

Date:

Bugungi kunda Konstitutsiyamiz inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni yaratishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. U adolatni hayotimizning asosiy mezoni sifatida mustahkamlaydi va har bir fuqaroning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun teng sharoitlar yaratadi. Shu jihatdan Konstitutsiya nafaqat davlat boshqaruvi, balki har birimiz uchun ichki mas’uliyatni yodga soluvchi ma’naviy ramz hamdir.
Konstitutsiyamiz bizga nafaqat huquqlarimizni, balki majburiyatlarimizni ham eslatadi. Chunki haqiqiy erkinlik faqat mas’uliyat bilan uyg‘unlashganda mazmunli bo‘ladi. Xalqimizning boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari va hozirgi zamonaviy yuksalishlari Konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan. Bu hujjat nafaqat kechagi kunimizning, balki bugungi va kelajak avlodning ham istiqboliga xizmat qiladi.
Shu sababli, Konstitutsiyaga hurmat va ehtirom ko‘rsatish har bir fuqaroning burchidir. Chunki bu hujjat bizning yagona va ajralmasligimizni, birdamligimizni mustahkamlaydi. Xalqaro hamjamiyat oldida Bosh qomusmiz milliy g‘ururimiz va mustaqilligimizning ramzi bo‘lib qoladi.
Har birimiz Konstitutsiyani o‘qib, mazmun-mohiyatini anglashimiz, uni hayotimizda faol qo‘llashimiz kerak. Shundagina biz haqiqiy huquqiy davlat va adolatli jamiyatni qurish yo‘lida barqaror qadam tashlay olamiz. Konstitutsiyamizni qadrlash — Vatanimizni sevish va uning ravnaqiga hissa qo‘shish demakdir.

I.ABDURAXMONOV,
Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun