Suvni tejab…

Date:

Respublikamizda suvni tejash, ortiqcha sarf etishning choralari ko‘rilmoqda. Ayniqsa, kanal va kollektorlar betonlanmas ekan, qanchadan qancha kub suv yerga singib ketayotgani rad etib bo‘lmas haqiqat. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish va bu borada madaniyatni shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida ham suv resurslari isrofining oldini olish, kanal va kollektorlarni tozalash hamda betonlash kabi chora-tadbirlarning borishi o‘rganildi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi muhokama qilindi. Viloyat rahbari suvning tekin emasligi, qimmat resurs ekanligini, uni tejash mas’uliyati har bir fuqaroning ongida shakllanishi lozimligini ta’kidlab, bu borada keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari o‘tkazish zarurligini qayd etdi.
Shu bilan birga, mas’ullarga kollektor va kanallarni betonlash ishlarini jadallashtirish hamda 2025-yil hosili uchun ekilgan g‘allani sug‘orish va boshqa agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Hududlarda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi ishlar rejasi belgilandi. Bu kabi chora-tadbirlar suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va kelajakda qishloq xo‘jaligida barqaror hosildorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun