Kuz-qish mavsumi: Zaruriy choralar ko‘rilganmi?

Date:

Ayni kuz-qish mavsumi boshlanib, elektr energiyasi, gaz ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojimiz har qachongidan-da kuchayadi. Ana shunday mavsumda uzilishlar bo‘lmasligi uchun soha mutasaddilari kerakli tadorilik ishlarini ko‘rgani ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ana shunday qiziqishlarga javoban, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida materiallar zaxirasi yaratilganini aytib o‘tish joiz.
Joriy yil davomida 2051,2 kilometr elektr tarmoqlari va 610 dona transformator punktlari, 24 ta podstansiyalar mukammal ta’mirlanib, 5045,9 kilometr elektr tarmoqlari va 1367 dona transformator punktlari joriy ta’mirlandi. Shuningdek, joylarda elektr tarmoqlarida sodir bo‘ladigan avariyaviy o‘chishlarni tezkor bartaraf etish va elektr energiyasini barqaror yetkazib berish maqsadida, jami 447 nafar xodim, shundan 116 nafar injener-texnik, 331 nafar elektromontyor, 89 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari, 37 ta birgada uchun avtomashina va 30 ta maxsus texnika biriktirildi. Qolaversa, joylarda 47 ta transformator punkti, 19,6 tn transformator moyi, 172 dona temir-beton ustun, 7,2 tn sim, 11 kilometr kabel, 17 ta mufta, 3 383 ta boshqa materiallar zaxiralari yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun