Yangi ko‘prik ochildi

Date:

Sariosiyo tumanining mahalliy aholisi yaxshi biladiki, tumanning “Shirin” mahallasi chekka hudud sanaladi. Shu paytgacha odamlar o‘tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ko‘prikdan foydalanib kelar edi. Ushbu ko‘prik ijtimoiy ahamiyatga ega inshootdir. Foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan ko‘prikni yangidan qurish tashabbusi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ilgari surildi. Shundan so‘ng puxta loyiha ishlab chiqilib, katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.Ko‘prikning uzunligi 12 metr bo‘lib, yangi ko‘prik tufayli avvalgi qiyinchiliklar barham topdi, xalqning uzog‘i yaqin bo‘ladigan bo‘ldi. “Shirin” mahallasi faollari ishtirokida yangi ko‘prikning tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Shirinliklarning quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi.Tuman hokimi fidokorona mehnat qilgan mohir quruvchilarga, loyihachi va muhandislarga, ko‘prikni barpo etishga munosib hissa qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi. Aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, marosimda so‘zga chiqqanlar yangi ko‘prik qurilganiligi munosabati bilan barchani tabriklab, chekka hudud rivojiga e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun