“Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan

Date:

Yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarsangiz, adovat, nafrat kuchayadi. Yomonlikka yaxshilik ila javob qilinganda esa yomonlik qilgan odam o‘z ishidan pushaymon bo‘lishi, hayotga qarashi o‘zgarishi, qalbidan qabohatni quvishi aniq. Shunday ekan, ma’rifatparvar bobolarimiz aytganidek, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashsakkina to‘g‘ri yo‘lda bo‘lamiz.
Boysun tumanidagi 6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 12-17 yoshgacha bo‘lgan tumandagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida rasmlar tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida ishtirokchilar belgilangan vaqt mobaynida berilgan mavzu boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Oʻquvchilarda vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik tuyg‘usini hamda yot g‘oyalar ta’siriga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan tanlovda 45 nafarga yaqin yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Shuningdek tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Oldingi sahifaIkkita xorijiy til va bitta kasb
Keyingi sahifaTARBIYA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun