3 yil emas 6 yil…

Date:

Qonunchiligimizda kiritilayotgan o’zgarish va yangilanishlar, albatta, fuqarolarning manfaati uchun xizmat qiladi. Ularga yengillik va imkoniyatlar, imtiyozlar beradi. 2022-yilgacha bo‘lgan davrda ayollarning bola parvarishida bo‘lish davri ko‘pi bilan 3 yil ish stajiga qo‘shib hisoblangan. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, 2022-yil fevral oyidan boshlab mazkur davr uzaytirilib jami 6 yil ish stajiga qo‘shiladigan bo‘ldi.
Bu nima degani? Misol uchun, ayol kishining 30 yil mehnat staji davomida 3 nafar farzandi uchun ish stajining 8 yili mobaynida parvarishlash (dekret) ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda fuqaroga pensiya tayinlash uchun ish staji hisoblashda jami 28 yil ish staji hisoblanadi. Ya’ni, 30 yil-8 yil+6 yil = 28 yil.
Ko‘rinib turibdiki, mazkur tartibning belgilanishi ham ayollarga qaratilayotgan yana bir muhim e’tibor hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun