Nuroniylarimiz Samarqandda…

Date:

Yurtimizning har bir go‘shasi o‘ziga xos tarovatga va bir necha ming yillik tarixga ega. Ayni tarixdan so’zlab turgan tarixiy boyliklarimiz, qadimiy obidalarimiz bor. Biz esa shu zaminda yashab turib, fursati yetganda o‘sha go‘zalliklardan bahramand bo‘lib turishimiz lozim.
Shu bois Sariosiyo tuman hokimligi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi bir guruh nuroniylar ayni fursatdan foydalandilar. Va respublikamizning diqqatga sazovor go‘shalariga sayohatga otlandilar. Xususan, Sariosiyo tuman hududdagi 50 nafar faxriy ko‘hna va qadimiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjo va zamonaviy inshootlari bo‘ylab sayohat qildilar.
– Joriy yilning noyabr oyi mamlakatimizda “Keksalar uchun sayohat oyligi” deb e’lon qilinishi yurtimizdagi barcha keksalarni birday xursand qildi, – deydi Niloba mahallasi faoli S.Shamsiyeva. – Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohat qilib, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Bunday xayrli tadbirlarni tashkil qilganlardan benihoya minnatdormiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun